Shavkat Mirziyoyev 21 aprel kuni Qashqadaryo viloyatiga tashrifi davomida Koson tumanidagi «Bunyodkor» paxta-to‘qimachilik klasterining ishlab chiqarish korxonalarini borib ko‘rdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar qildi.
Qayd etilishicha, bu yerda davlat rahbarining klaster g‘oyasi asosida paxta yetishtirish va uni chuqur qayta ishlashning to‘liq sanoat zanjiri yaratilgan. Birinchi loyiha doirasida qariyb 21 milliard so‘mlik investitsiya o‘zlashtirilib, zamonaviy tikuvchilik fabrikasi tashkil etilgan.
Turkiya va Italiyadan keltirilgan uskunalar bilan jihozlangan mazkur korxona yiliga 6 million dona tayyor trikotaj ishlab chiqarish quvvatiga ega hisoblanadi. Daromad jihatidan aytganda, qariyb 100 milliard so‘mlik yuqori sifatli kiyim-kechaklar tikilib, 2 million dollarlikdan ziyod tayyor mahsulot eksport qilinishi rejalashtirilgan. Ayni paytda fabrikada 320 nafar xotin-qizlar ishlamoqda. Prezident ular bilan suhbatlashib, ishlariga muvaffaqiyat tilagan.
Klasterga qarashli kalava ip yigirish va mato to‘qish quvvatlari joriy yil iyulda, yog‘-moy ishlab chiqarish korxonasi dekabrda foydalanishga topshiriladi. Ularda yana 700 ga yaqin ish o‘rni tashkil topadi. Davlat rahbari shu yerda soha mutaxassislari, paxta-to‘qimachilik klasterlari rahbarlari bilan suhbatlashgan.
«Biz hozirgi klaster tizimi bilan yengil bosqichni qilib oldik. Endi sifat, narx, bozor nuqtai nazaridan yo‘l ochiq. Shuning uchun klasterlarimizning chet ellarga xizmat safarlari, ko‘rgazmalarini tashkil etish kerak», — degan prezident.
To‘qimachilik korxonalarini barqaror xom ashyo bilan ta’minlash uchun paxta hosildorligini oshirish, sun’iy tola ishlab chiqarib, samarali foydalanish bo‘yicha tavsiyalar berilgan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Toshkentda vafot etgan rossiyalik jurnalist ishiga doir qo‘shimcha ma’lumot