
Aniqlanishicha, fuqarolik ishlari bo‘yicha Shovot tumanlararo sudining ijro varaqasiga asosan qarzdor I.Yo.dan undiruvchi S.M. foydasiga uch nafar farzanlardi taminoti uchun 1/2 qism miqdorida aliment undirish belgilangan.
Qarzdor va undiruvchi o‘rtasidagi o‘zaro kelishuv asosida, tomonlar Majburiy ijro byurosining Qo‘shko‘pir tuman bo‘limiga murojaat qilishadi. Murojaatga asosan, qarzdor ota chet yelga ishlash uchun ketishi munosabati bilan, voyaga yetmagan 3 nafar farzandlari uchun 5 yillik aliment pullarini oldindan to‘lab qo‘ymoqchi yekanligini bildirgan.
Undiruvchining tilxatiga asosan davlat ijrochilari tomonidan S.M. foydasiga 5 yillik oldindan aliment pullari 110.000.000 so‘m undirib berildi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar