Foto: Toshkent shahar IIBB axborot xizmati
Toshkentning Chilonzor tumanidagi Atlas savdo majmuasida arzonlashtirilgan narxda sotuv bo‘lmasligi to‘g‘risida xabar berilgandi. Toshkent shahar IIBBning ma’lum qilishicha, savdo majmuasi atrofida 18 mingga yaqin fuqaro to‘plangan.
22 aprel kuni ijtimoiy tarmoqlarda Uchtepa tumanidagi Atlas savdo majmuasidagi Mediapark do‘konida maishiy texnikalar uchun 80 foizgacha chegirma bo‘layotgani haqida xabarlar tarqaldi. Natijada 18 mingga yaqin fuqaro ushbu savdo majmuasi oldida to‘plangan.
«Savdo majmuasi bir vaqtning o‘zida bu kabi ko‘plab fuqarolarni qabul qilish imkoniga ega emasligi sababli, shuningdek, fuqarolarning xavfsizligini ta’minlash maqsadida yopildi. Hozirda huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan savdo majmuasidagi vaziyat nazoratga olindi», — deyiladi xabarda.
Foto: Toshkent shahar IIBB axborot xizmati
Shuningdek, kun issiqiligi va tiqilinch bo‘lganligi sababli bir nafar ayol hushidan ketgan, shu yerning o‘zida u hushiga keltirilib, birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan va uyiga yuborilgan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar