date
views 1 585

Jizzaxda 3 oylik homilador kelinchak bo‘yniga sim bog‘lab, o‘zini osib qo‘ydi

Jizzaxda 3 oylik homilador kelinchak bo‘yniga sim bog‘lab, o‘zini osib qo‘ydi
Kelinchakning onasi
Jizzax viloyatida uch oylik homilador kelinchak o‘z joniga qasd qildi. Bu haqda «Zamon» informatsion dasturida xabar qilindi.
Qayd etilishicha, 2021 yil 25 mart kuni to‘yi bo‘lgan U. ismli qizni turmush o‘rtog‘i va qaynonasi kamsitib, kaltaklab kelgan.

«Qizim shu uyga kelin bo‘lib tushgandan beri uch marta kelgan bo‘lsa, hammasida yo qayeridir ko‘kargan, yo abgor holatda kelgan uyimga. Oxirgi kelgan kuni ham qizimning burnidan qon oqib, mazasi bo‘lmadi. Qotgan noni bor ekan, nima qilasan, desam, och qolsam, yeyman dedi. Xonasida idishi bor ekan, shunga ivitib qo‘yib, qotgan nonni yerkan qizim. Ovqat yesang bo‘lmaydimi desam, bo‘lsa yeyman, ba’zida berishadi, ba’zida yo‘q, och qolib ketyapman, dedi», — deya qayd etgan marhumaning onasi.

Marhumaning eri uni onasi va opasidan tiz cho‘kib kechirim so‘rashga majburlagan. Shundan so‘ng U. homiladorligiga qaramasdan, hovlisidagi qurilishi bitmagan binoda bo‘yniga sim bog‘lab, o‘zini osgan.

«Bunaqa bo‘ladi deb o‘ylamagandim. Yaxshi ko‘rgan qizim edi. Bolali bo‘lishimiz kerak edi. Uyimdagilar mayli, yaxshi ko‘rganini olib beraylik, deb to‘y qilib berishgandi. Hammadan kechirim so‘rayman. Bunaqa bo‘lishini istamagandim», — degan marhumaning eri sud zalida.

Holat yuzasidan M.X. Jinoyat kodeksining 103-moddasi 2-qismi «a,b» bandlarida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilgan. Unga nisbatan 7 yil-u 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Jizzaxda 3 oylik homilador kelinchak bo‘yniga sim bog‘lab, o‘zini osib qo‘ydi