
Prezident Shavkat Mirziyoyev turizmga oid yig‘ilishda xorijiy kurortlardan qolishmaydigan Arashan ko‘llar tizimi haqida gapirib o‘tgan.
«Hududlarimizdagi 206 ta termal va mineral suvli buloqlarning bugungi kunda 18 tasidan foydalanilmoqda. Misol uchun, Qamchiq dovonida (Ohangaron tumani) 2,5-3 ming metr balandlikda joylashgan Arashan ko‘llar tizimidagi suv harorati qishin-yozin 36 gradus issiqlikda bo‘lib, xorijiy kurortlardan qolishmaydi», degan davlat rahbari.
Shuningdek, Chimboy, Qorao‘zak va Taxtako‘pirda ham yer ostidan 40-70 gradus issiqlikda chiqadigan termal buloqlar hududida sanatoriya-kurortlar tashkil qilish uchun barcha imkoniyatlar mavjud bo‘lsa-da, tegishli hududlar hokimlari tashabbus ko‘rsatmayotgani tanqid qilingan.
So‘nggi yillarda Mo‘ynoq, Nukus, Shahrisabz, Marg‘ilon, Qo‘qon, Rishton kabi yangi yo‘nalishlar ochilgan bo‘lsa-da, Navoiy, Jizzax, Surxondaryo, Qashqadaryo va Toshkent viloyatlari hali bor imkoniyatlardan foydalanmayotgani ta’kidlangan. Shuningdek, Qoraqalpog‘iston, Samarqand, Toshkent viloyati va Toshkent shahridan boshqa hududlarda yoshlarga mos turistik xizmatlar juda kam. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar