O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 37-moddasida har bir shaxs mehnat qilish, erkin kasb tanlash, adolatli mehnat sharoitlarida ishlash va qonunda ko‘rsatilgan tartibda ishsizlikdan himoyalanish huquqiga ega ekanligi mustahkamlangan.
Majburiy ijro byurosining asosiy vazifasi hisoblangan sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijrosini ta’minlashda inson qadri tamoyilga qat’iy amal qilinmoqda.
Jumladan, Byuroning Qorako‘l tuman bo‘limi ish yurituviga kelib tushgan Fuqarolik ishlari bo‘yicha Qorako‘l tumanlararo sudining 26.01.2022 yildagi ijro varaqasiga asosan qarzdor “QORAKO'L IXTISOSLASHGAN DAVLAT O'RMON XO'JALIGI”dan undiruvchi A.Tangriyev foydasiga majburiy progul kunlari uchun 22 mln. 266 ming so‘m ish haqi va 2 mln.120 ming so‘m ma’naviy zarar undirish belgilangan.
Bo‘lim xodimlari tomonidan olib borilgan majburiy ijro harakatlari davomida qarzdor “QORAKO'L IXTISOSLASHGAN DAVLAT O'RMON XO'JALIGI” hisob raqamiga inkasso qo‘yilib, umumiy hisobda 24 mln. 387 ming so‘m pullar undirilib, undiruvchi A.Tangriyevning bank plastik kartasiga ko‘chirib berildi va ijro hujjatining ijrosi ta’minlandi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Qatarga qarshi qilish kerak bo‘lgan ishni qilmadik!