
O‘zbek estradasida tanilgan xonanda Jaloliddin Axmadaliyevga nisbatan Farg‘ona viloyatida sud hukmi chiqdi. Bunga sabab — u mualliflik huquqlarini buzgani uchun ma’muriy javobgarlikka tortildi, deb Kursiv.media sayti yozdi.
Adliya vazirligi axborotiga ko‘ra, xonanda Shohrux Abduvohidov qalamiga mansub quyidagi she’rlardan shartnomasiz, ya’ni rasmiy ruxsat va kelishuvsiz foydalangan:
1. "Yurak"
2. "Meni deb oqardi sochlaring ona"
3. "Ko‘zlaringni qizg‘anma mendan"
4. "Barchasini Xudoga soldim"
Muallifning roziligisiz qo‘shiqlarda ushbu she’rlardan foydalanish esa qonunga xilof hisoblanadi. Bu holat yuzasidan rasmiy bayonnoma tuzilib, ish sudga oshirildi.
Farg‘ona viloyati, Dang‘ara tumani jinoyat ishlari bo‘yicha sudi mazkur ishni ko‘rib chiqib, Jaloliddin Axmadaliyevni jarimaga tortdi. Sud qarorining to‘liq miqdori oshkor etilmagan bo‘lsa-da, bu holat mualliflik huquqi masalasiga jamoatchilik diqqatini yana bir bor jalb etdi.
Mavjud qonunchilikka ko‘ra, muallif o‘z asari ruxsatsiz ishlatilganda zararni qoplatish o‘rniga, 20 baravardan 1000 baravargacha bazaviy hisoblash miqdorida tovon to‘lashni talab qilish huquqiga ega. Hozirda bazaviy hisoblash miqdori 375 000 so‘mni tashkil qilsa, 1 avgustdan 412 000 so‘m etib belgilangan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar