Musiqa nafaqat zavq va mashhurlik, balki katta boylik ham olib kelishi mumkin. Dunyo sahnasida shunday yulduzlar borki, ularning sarvati ko‘plab kompaniyalar kapitalidan ham oshib ketadi. Quyida musiqa olamining eng boy besh nafar ayol qo‘shiqchisi haqida ma’lumot beramiz.
1. Teylor Svift — $1,6 milliard
Forbes ma’lumotlariga ko‘ra, Teylor Svift hozirda musiqa olamidagi eng boy ayol hisoblanadi. Uning boyligi asosan gastrollar, albomlar va musiqa katalogidan tushgan daromad hisobiga ortgan. Sviftning “Eras Tour” konserti esa tarixdagi eng yirik gastrollardan biriga aylandi.
2. Rianna — $1,4 milliard
Barbadoslik yulduzning boyligi nafaqat qo‘shiqlaridan, balki Fenty Beauty kosmetika brendi va modadagi faoliyatlari orqali shakllangan. Rianna bir paytlar eng boy ayol musiqachi bo‘lgan, ammo hozirda ikkinchi o‘rinda.
3. Madonna — $800 million
“Pop qirolichasi” Madonna dunyoning eng mashhur va tajribali san’atkorlaridan biri. Uning boyligi konsertlar, litsenziyalar va uzoq yillik musiqiy merosidan kelib tushadi.
4. Beyonse — $780 million
Beyonce nafaqat musiqasi, balki sahnadagi shoulari va biznes loyihalari bilan ham katta sarvat orttirgan. Uning mahorati, ayniqsa, “Renaissance Tour” orqali qo‘lga kiritgan beqiyos daromadlari bilan tanilgan.
5. Jennifer Lopes — $400 million
J.Lo musiqa, kino va modadagi omadli karyerasi orqali yarim milliardga yaqin sarvat orttirgan. Uning Netflix loyihalari, konsertlari va brend hamkorliklari bu boylikni ta’minlagan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!