date

Italyan kinolar afsonaviy aktyori Remo Jirone olamdan o‘tdi

Italyan kinolar afsonaviy aktyori Remo Jirone olamdan o‘tdi

Italiyaning taniqli aktyori Remo Jirone 77 yoshda Monakoda vafot etdi, deb xabar bermoqda ANSA agentligi.

Mashhur san’atkor o‘z ijodiy faoliyati davomida 50 dan ziyod film va seriallarda rol ijro etgan. Biroq uni butun dunyoga tanitgan obraz — “Sprut” serialidagi Tano Kariddi roli bo‘lgan. Ushbu personaj serialning uchinchi mavsumida namoyon bo‘lib, komissar Kattani (Mikele Plachido) va sudya Silviya Konti (Patrisiya Millarde) bilan dramatik kurashda ishtirok etgan.

Jirone nafaqat Italiya, balki Gollivud kinolarida ham faol bo‘lgan. U Jeyms Mengold va Antuan Fukua kabi mashhur rejissyorlar bilan hamkorlik qilgan.

So‘nggi suhbatlaridan birida u o‘zining ilk roli — “Jinoyat va jazo” asaridagi Raskolnikov obrazini eslab, ayni shu qahramonning ichki kechinmalarini keyinchalik Tano Kariddi timsolida ham aks ettirganini ta’kidlagan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Italyan kinolar afsonaviy aktyori Remo Jirone olamdan o‘tdi