date

Feruza Normatova turmushi haqidagi mish-mishlarga javob berdi

Feruza Normatova turmushi haqidagi mish-mishlarga javob berdi

Aktrisa Feruza Normatova so‘nggi kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda uning turmush o‘rtog‘i haqida tarqalayotgan mish-mishlardan so‘ng jonli efir orqali shaxsan izoh berdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, internetda tarqalgan ma’lumotlar ortida haqiqatdan yiroq gaplar bor va u barcha voqealardan xabardor.

Ma’lumki, bir necha kun oldin aktrisaning 23 yoshli MMA jangchisi Olloyor Abdushukurov bilan unashtirilgani ma’lum bo‘lgandi. Shu xabar ortidan jangchining ilgari turmush qurgani haqida turli mish-mishlar tarqaldi. Bu xabarlarga munosabat bildirgan Feruza Normatova “Hammasidan xabardorman” deya ochiq bayonot berdi.

U Instagram'dagi jonli efirida muxlislardan biri bergan “Farzandi bo‘lsa ham sizga farqi yo‘qmi?” degan savolga shunday javob qaytardi:
“Ajrashganlar-ku. Menga nima farqi bor? Men 18 yoshli qiz emasman. Agar yoshim katta erkakni tanlasam, ularning aksariyati uylangan bo‘ladi. Kimningdir hayotini buzish niyatida emasman. Mening bo‘lajak turmush o‘rtog‘im oldin yashagan bo‘lsa ham, ajrashgan. Buning ustidan bir yilcha vaqt o‘tgan. U menga bu haqda ochiq aytgan va men buni qabul qilganman.”

Aktrisaning aytishicha, Olloyor Abdushukurov uni ota-onasi bilan tanishtirgan, ularning roziligini olgan va munosabatlari ochiq-oshkora yo‘lda bo‘lgan.
“Men hech kimning hayotiga aralashmaganman. Agar turmush o‘rtog‘imning farzandi bo‘lsa, men uni ham qabul qilaman. Chunki bola begunoh. Birovning bolasi demayman, chunki u ham inson”, — dedi Normatova.

U shuningdek, jangchining avvalgi munosabatlari haqidagi gaplarga ham to‘xtaldi:
“Uning oldingi ikki munosabati ham rasman nikoh emas, faqat birga yashash bo‘lgan. Ikkala ayol ham yaxshi insonlar. Men ularni hurmat qilaman va hech qachon haqorat qilmayman. Ular bilan ajralish mendan oldin bo‘lgan. Men hayotida keyin paydo bo‘lganman.”

Feruza Normatova aytishicha, u turmush qurish haqida qaror qabul qilishdan oldin to‘liq ma’lumotga ega bo‘lgan.
“Mengacha ular ajrashgan. Hozir esa u uylanmoqchi ekanligini aytganida, men rozi bo‘ldim. Hech kimning oilasini buzmaganman. Agar u farzandlarini boqmoqchi bo‘lsa, men ham yordam beraman, chunki bola – Allohning amonati”, — dedi aktrisa.

Aktrisa o‘z so‘zini shunday yakunladi:
“Men fitnachi odamlar haqida gapirdim, u ikki ayol haqida emas. Ularga baxt tilayman. Hech kimni yomon ko‘rmayman. Har kim baxtli bo‘lishga haqli. Hayotda muhimi — sof niyat va tinchlikdir.”

Feruza Normatovaning bu chiqishi ortidan ijtimoiy tarmoqlarda uni qo‘llab-quvvatlaganlar ham, turli fikr bildirganlar ham bo‘ldi. Ammo aktrisaning ochiq va sokin munosabati ko‘pchilikning hurmatiga sazovor bo‘ldi — u har qanday mish-mishga emas, haqiqatga tayanganini ta’kidladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Feruza Normatova turmushi haqidagi mish-mishlarga javob berdi