date

Pikassoning asari Ispaniyada sirli ravishda yo‘qoldi

Pikassoning asari Ispaniyada sirli ravishda yo‘qoldi

Madriddan Granadaga olib ketilayotgan Pablo Pikassoning 1921 yilda yaratilgan “Gitara bilan natyurmort” nomli asari g‘oyib bo‘ldi. Bu haqda Euronews xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, guash uslubida chizilgan ushbu asar CajaGranada fondida tashkil etilgan «Natyurmort. La eternidad de lo inerte» ko‘rgazmasida namoyish etilishi kerak edi. Biroq o‘lchami 12,7x9 santimetr bo‘lgan bu kichik asar o‘z manziliga yetib bormagan.

Rasm Madriddagi Pio XII qarorgohidan san’at asarlarini tashish bo‘yicha ixtisoslashgan kompaniya tomonidan yetkazilgan. Asar 25 sentyabrda boshqa kartinalar bilan birga omborga joylashtirilgan va keyin Granadaga yo‘l olgan.

Ko‘rgazma 2 oktyabrda ochilgan, asarlar esa 3 oktyabrda soat 10:00 da madaniyat markaziga yetkazilgan. Shu kechasi kartinalar Deyfontes shahrida bo‘lgan. Tergovchilarning taxminlaricha, aynan shu hududda Pikassoning asari o‘g‘irlangan bo‘lishi mumkin.

10 oktyabr kuni CajaGranada fondi politsiyaga rasmiy shikoyat yo‘llaganidan so‘ng, Milliy politsiyaning tarixiy meros brigadasi tergovni boshlagan.

Hozircha rasmning qayerdaligi noma’lum va hech kim qo‘lga olinmagan. Tergov ishlari davom etmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Pikassoning asari Ispaniyada sirli ravishda yo‘qoldi