20:26 / 19.04.2015
13 557

Ozodbek Nazarbekov qo‘shiq matnini yozuvchi shoirlarga qancha haq to‘lanishi haqidagi savolga javob berdi

Ozodbek Nazarbekov qo‘shiq matnini yozuvchi shoirlarga qancha haq to‘lanishi haqidagi savolga javob berdi

18 aprel kuni O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston xalq artisti Ozodbek Nazarbekov “Istiqlol” san’at saroyida davom etayotgan “Ardog‘imdasiz” nomli konsertidan keyin jurnalistlar bilan uchrashuv o‘tkazdi va savollarga javob berdi, deb yozadi Kuz.uz.

Kun.uz vakili Ozodbek Nazarbekov o‘z qo‘shiqlari yaralishida muhim xizmatni amalga oshiruvchilardan biri hisoblanadigan shoirlarga qanday haq to‘lashi haqida so‘radi.

“Qo‘shiqlar matnini yozuvchi shoirlar ancha farovon yashashadi. Mualliflik huquqi asosida qo‘shiq disklari sotuvidan kelgan daromad xonanda, bastakor va shoir o‘rtasida teng taqsimlanadi. Lekin, to‘ylardagi xizmat uchun olinadigan pullar o‘sha ijroda ishtirok etganlar, ya’ni, qo‘shiqchining o‘zi va sozandalar o‘rtasida taqsimlanadi. Bu galgi konsert dasturimda Botir Ergashevning she’rlaridan sakkizta qo‘shiqda foydalandim. U bilan kelishuv asosida harakat qilamiz”, deydi xonanda.

O‘z navbatida shoir Botir Ergashev ham bu masalaga fikrini bildirib, shoirlar she’rlariga turlicha narx o‘rnatib olishganini tanqid qilib o‘tdi.

“Hozirgi kunda qo‘shiqlar uchun she’r yozuvchi aksar shoirlar she’r uchun ma’lum narxlarni, ming dollardan ikki ming dollargacha bo‘lgan narxlarni qo‘yib olishgan. Bu juda xunuk ko‘rinmoqda”, deydi shoir.

Ozodbek Nazarbekov esa, “O‘zbekistonda mualliflik huquqlariga rosmanasiga rioya qilinsa, shoirlar qo‘shiqchilardan ancha ko‘proq pul ishlashini” e’tirof qilib o‘tdi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Ozodbek Nazarbekov qo‘shiq matnini yozuvchi shoirlarga qancha haq to‘lanishi haqidagi savolga javob berdi