date

Krishtianu Ronaldu "Forsaj" filmida ishtirok etadi: Vin Dizel e’lon qildi

Krishtianu Ronaldu "Forsaj" filmida ishtirok etadi: Vin Dizel e’lon qildi

"Al-Nassr" va Portugaliya terma jamoasi sardori Krishtianu Ronaldu "Forsaj" franshizasining yangi filmida ishtirok etishi mumkin. Bu haqda mashhur aktyor Vin Dizel ijtimoiy tarmoqda xabar berdi.

Vin Dizel ijtimoiy tarmoqda "Hamma mendan Krishtianu Ronalduni ’Forsaj’ filmida rol o‘ynashini so‘ragan edi. Aytishim kerakki, bu albatta sodir bo‘ladi. Biz unga maxsus rol yozdik", deb yozdi va Ronalduning surati bilan birga uning filmga qo‘shilishi haqida xabarni tarqatdi.

Mazkur kino franshizasiga qo‘shilishi bo‘yicha so‘nggi xabarlarga ko‘ra, "Forsaj"ning 11-qismi 2026-yilda ekranga chiqarilishi kutilmoqda. Ronalduning filmda ishtirok etishi esa muxlislar orasida katta qiziqishga sabab bo‘lmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Madaniyat » Krishtianu Ronaldu "Forsaj" filmida ishtirok etadi: Vin Dizel e’lon qildi