20:57 / 14.02.2017
8 745

Onlayn reportaj: "Baron" filmi "E’tirof"ni qo‘lga kiritdi

Onlayn reportaj: "Baron" filmi "E’tirof"ni qo‘lga kiritdi

"Yilning eng yaxshi kinosi" nominasiyasi g‘olibi - rejissyor Rustam Sa’dievning "Baron" filmi.

Mukofotni "O‘zbekkino" Milliy agentligi Bosh direktori Otabek Musaev O‘zbekiston Madaniyat va san’at instituti o‘qituvchisi, rejissyor Haydarali Qosimov topshirdi, deb yozadi Qalampir.uz sayti.

"Yilning eng yaxshi filmlar aktyori" nominasiyasi g‘olibi - O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Farhod Abdullaev.
Mehmonlar o‘rindig‘idan tik turib qarsak chaldi.

Mukofotni "O‘zbekkino" Milliy agentligi Bosh direktori Otabek Musaev O‘zbekiston Madaniyat va san’at instituti o‘qituvchisi, rejissyor Haydarali Qosimov topshirdi.

"Yilning eng yaxshi kino aktrisasi" nominasiyasi g‘olibi - Ilmira Rahimjonova.

Mukofotni "O‘zbekkino" Milliy agentligi Bosh direktori Otabek Musaev, aktyor Rustam Sagdullaev topshirdi.

"Yilning eng yaxshi kino rejissyori" nominasiyasi g‘olibi - Rustam Sa’diev.

Mukofotni "O‘zbekkino" Milliy agentligi Bosh direktori Otabek Musaev, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Gulbahor Yo‘ldosheva topshirdi.

"Yilning eng yaxshi ssenaristi" nominasiyasi g‘olibi - Zulfiqor Musoqov.

Mukofotni "O‘zbekkino" Milliy agentligi Bosh direktori Otabek Musaev, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Gulbahor Yo‘ldosheva topshirdi.

"Yilning eng yaxshi kino operatori" nominasiyasi g‘olibi - Rustam Murodov.

Mukofotni "O‘zbekkino" Milliy agentligi Bosh direktori Otabek Musaev, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Gulbahor Yo‘ldosheva topshirdi.

Rustam Murodov safarda bo‘lgani uchun mukofotni etkazib qo‘yishni Otabek Musaev o‘z gardaniga oldi.

"Chet mamlakatlardagi eng yaxshi filmlar aktyori" nominasiyasi g‘olibi - Farhod Mahmudov.

Mukofotni "O‘zbekkino" Milliy agentligi Bosh direktori Otabek Musaev, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Gulbahor Yo‘ldosheva topshirdi.

Mahmudov so‘nggi yillarda Rossiyada ijod qilmoqda. U rossiyalik kinoijodkorlar tomonidan suratga olingan "Brigada" filmidagi roli bilan tomoshabinlarga yaxshi tanilgan. Mahmudov "Baron" filmida ham suratga tushgan edi.

"Yilning eng yaxshi sirk artisti" nominasiyasi g‘olibi - Anjelika Yunusova.

Mukofotni Zaripovlar sulolasi vakili Karima Zaripova topshirdi.

Sahnaga O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Alisher Fayz va "Nihol" mukoqoti sovrindori Malika Egamberdieva chiqdi.

Duetga qiziqchilar Shukurillo Isroilov, Halima Ibragimova hamda aktyor Dilshodbek Kattabekov sherik bo‘ldi.

Navbat sport yo‘nalishidagi nominasiyalar g‘oliblarini aniqlashga etdi. Marosimni Jamshid Umrzoqov olib bormoqda.

"Yilning eng yaxshi sportchisi" nominasiyasi g‘olibi - Hasanboy Do‘stmatov.

Mukofotni sobiq futbolchi Mirjalol Qosimov va FIFA referesi Ravshan Ermatov topshirdi.

"Yilning sport murabbiyi" nominasiyasi g‘olibi - Baxrom Abdumalikov.

Mukofotni sobiq futbolchi Mirjalol Qosimov va FIFA referesi Ravshan Ermatov topshirdi.

"Yilning eng yaxshi paralimpiadachisi" nominasiyasi g‘olibi - Husniddin Norbekov.

Mukofotni sobiq futbolchi Mirjalol Qosimov va FIFA referesi Ravshan Ermatov topshirdi.

"Yilning eng yaxshi ayol sportchisi" nominasiyasi g‘olibi - Fotimaxon Alimova.

Mukofotni sobiq futbolchi Mirjalol Qosimov va FIFA referesi Ravshan Ermatov topshirdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Onlayn reportaj: "Baron" filmi "E’tirof"ni qo‘lga kiritdi