
Sony Pictures Entertainment kompaniyasi «O‘rgimchak odam: uyga qaytish» filmining treylerini namoyish etdi, deya yozadi «Daryo» nashri.
Kartina syujeti «Birinchi qasoskor: Qarshilik» filmidagi hikoyadan so‘ng rivojlanadi. Piter Parker — o‘rgimchak chaqishi natijasida super qahramonlik qobiliyati paydo bo‘lgan yuqori sinf o‘quvchisi. Unga Toni Stark — Temir odam ustozlik qiladi. Ular birgalikda Quzg‘un nomli yovuz kimsani engishlari kerak bo‘ladi.
Filmda bosh rollarni Tom Xolland, kichik Roberd Dauni, Maykl Kiton hamda Zendeya Koulmanlar ijro etgan. Film rejissyori Jon Uots.
Film premerasi 2017 yilning 7 iyuliga belgilangan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar