Vazira Yunusova hayotda qanday ona?

“Yangi tong” ko‘rsatuvida taniqli aktrisa Vazira Yunusovaning qizlari mehmon bo‘lib ishtirok etdi. Dastur davomida boshlovchilar san’atkorning sahnadagi va hayotdagi harakteri o‘rtasidagi farq haqida qiziqarli savollar berishdi.
Tomoshabinlar Vazira Yunusovani ko‘proq samimiy, ochiqko‘ngil, hazilkash va xushchaqchaq inson sifatida bilishadi. Biroq uning farzandlari onasining hayotdagi asl qiyofasi biroz boshqacha ekanini aytib o‘tishdi.
O‘rtancha qizi onasi haqida gapirar ekan, uni “qat’iyatli, jiddiy va doimo farzandlarini nazorat qilib turadigan mehribon ona” sifatida ta’rifladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Vazira Yunusova oilada intizom va tartibga katta e’tibor beradi.
Boshlovchilik qilgan aktrisa Zarina Yo‘ldosheva ham suhbatga qo‘shilib, qizlarga ularning kasbi haqida savol berdi. O'rtancha qizi o'zini iqtisodchi (ekonomist) ekanini, opasi esa yurist bo‘lib ishlashini, yana bir singlisi esa hali maktabda o‘qishini ma’lum qildi.
Suhbat davomida kutilmagan savol ham berildi: nega Vazira Yunusova farzandlarini orasini katta qilib dunyoga keltirgan? O'rtancha qizi bu holat rejalashtirilmagan, hayotiy sharoitlar sabab yuzaga kelganini ochiq aytdi.
Ma’lum bo‘lishicha, Vazira Yunusova kichik qizini 43 yoshida dunyoga keltirgan. Dastur boshlovchilari esa 40 yoshdan keyin tug‘ilgan farzandlar ko‘pincha yanada aqlli va serg‘ayrat bo‘lishi haqida fikr bildirishdi.
Ko‘rsatuvdagi samimiy suhbat tomoshabinlarda katta qiziqish uyg‘otib, ijtimoiy tarmoqlarda ham keng muhokamalarga sabab bo‘ldi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!