date

“Delikanlı” seriali kutilmaganda yakunlandi: asosiy sabab nima?

“Delikanlı” seriali kutilmaganda yakunlandi: asosiy sabab nima?

Mert Ramazan Demir bosh rolni ijro etgan “Delikanlı” serialining yakunlanishiga asosiy sabab — reyting ko‘rsatkichlarining kutilgan darajadan past bo‘lgani ekani ma’lum qilindi.

Serial dastlab katta qiziqish bilan boshlangan bo‘lsa-da, vaqt o‘tishi bilan tomoshabinlar soni kamayib bordi. Yuqori xarajatlar va kuchli aktyorlar jamoasiga qaramay, reklama daromadlari ham, reytinglar ham o‘zini oqlamadi.

Ijodiy jamoa 18 may kuni, ya’ni 7-qism efirga uzatilgach, loyiha faoliyatini yakunlaydi.

Serial kambag‘al mahalladan chiqqan Yusuf ukasining qimor qarzlarini to‘lash yo‘lidagi kurashi va qasos hikoyasi haqida edi.

Mert Ramazan Demir suhbatda endi biroz dam olishi va hamon yolgʻiz ekanligi haqida aytdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Madaniyat » “Delikanlı” seriali kutilmaganda yakunlandi: asosiy sabab nima?