date

Munisa Rizayeva: turmush qursam ham bunday takliflar to‘xtamadi

Munisa Rizayeva: turmush qursam ham bunday takliflar to‘xtamadi

Xonanda Munisa Rizayeva “Shaxsiy chegara” loyihasidagi intervyusida shaxsiy hayoti bilan bog‘liq qiziqarli jihatlar haqida ochiqchasiga gapirdi.

Uning aytishicha, turmush qurishidan avval ham o‘ziga qat’iy tamoyillar qo‘ygan. Xonanda uylangan erkaklar bilan hech qanday aloqaga kirishmaganini ta’kidladi:

“Men turmush qurishimdan oldin uylangan erkaklarni umuman yonimga yaqinlashtirmaganman. Agar kimningdir oilali ekanini bilsam, administratorim orqali darhol rad javobini berardim. Ular bilan hatto gaplashmaganman ham”, — deydi u.

Boshlovchining “Bunday takliflar bo‘lganmi?” degan savoliga xonanda “Albatta, bo‘lgan”, deya javob qaytardi.

Suhbat davomida yana bir qiziq savol o‘rtaga tashlandi: turmush qurganingizdan keyin bunday takliflar to'xtadimi? Munisa Rizayeva esa bu holat hanuz uchrab turishini yashirmadi:

“Yo‘q, hozir ham bunday takliflar bo‘lib turadi. Chunki ko'pchilik odamlar erimni jiddiy qabul qilmaydi”, — deya izoh berdi u.

Shuningdek, boshlovchining hazilomuz tarzda “Eringizning raqamini berib qo‘ysangiz, o‘zlari gaplashib olishardi” degan fikriga xonanda bunday yondashuv ularga xos emasligini ta’kidladi:

“Yo‘q, bizda bunday emas. Bir-birimizning ishimizga aralashmaymiz. Men turmush o‘rtog‘imning telefonini tekshirmayman, ishlariga aralashmayman. Ular ham huddi shunday yo‘l tutadi”, — deya suhbatni yakunladi xonanda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Madaniyat » Munisa Rizayeva: turmush qursam ham bunday takliflar to‘xtamadi