Shahzod Sultonovning bo‘lajak turmush o‘rtog‘ining yuz ko‘rinishi ma’lum bo‘ldi (video)

Aktyor Shahzod Sultonovning shaxsiy hayoti atrofidagi sirlar ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolar sabab yana muhokama markaziga aylandi. Eng ko‘p e’tibor tortgan jihat — kelinning yuz ko‘rinishi va shaxsiga oid ma’lumotlarning oshkor bo‘lishidir.
Avvalroq aktyor bo‘lajak turmush o‘rtog‘ining yuzini videolarda yashirib, uning obrazini stikerlar orqali berib kelayotgani muxlislar orasida turli savollar uyg‘otgan edi. Shu sababli izohlarda “nega yuzini yashiryapsiz?”, “qachon yuzini ko‘rsatasiz?” kabi fikrlar ko‘paygan.
Endilikda esa tarqalgan videolardan kelinning yuz ko‘rinishi ham, uning shaxsi bilan bog‘liq ayrim tafsilotlar ham oshkor bo‘lgani aytilmoqda. Bu esa ijtimoiy tarmoqlarda katta muhokamaga sabab bo‘lib, ko‘plab foydalanuvchilar turli izohlar qoldirishgan.

Muxlislar orasida “nihoyat yuzini ko‘rdik”, “sirlar ochildi”, “chiroyli juftlik ekan” , "bir-biriga juda mos" kabi fikrlar bilan birga, yoshlar baxtiga iliq tilaklar ham bildirilmoqda.
Shu tariqa, uzoq vaqt sir tutilgan kelin haqidagi muhokamalar nihoyat yakuniga yetgandek ko‘rinmoqda va voqea internetda eng ko‘p gapirilayotgan mavzulardan biriga aylangan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, aktyorning fotiha to‘yi 16 may kuni, “marry me” marosimi 2 iyun, rasmiy nikoh (ZAGS) esa 6 iyun kuni bo‘lib o‘tgan. 16 iyun kuni esa katta to‘y marosimi o‘tkazilishi kutilmoqda.






























Izohlar 0
…