Shahzoda Muhammedova qizini sosiskadan qanday voz kechirgani haqidagi sir bilan bo‘lishdi

Shahzoda Muhammedova qizini sosiskadan qanday voz kechirgani haqidagi sir bilan bo‘lishdi
Qisqacha

Dizayner va aktrisa Shahzoda Muhammedova farzandini zararli mahsulotlar, xususan, sosiska iste’mol qilishdan qanday qaytargani haqidagi shaxsiy tajribasi bilan o‘rtoqlashdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bolalarga zararli ovqatlarning oqibatini tushuntirish muhim bo‘lib, YouTube tarmoqlarida bu narsani yeganda qurtlar paydo bo‘lishi mumkinligini aytish eng samarali usul hisoblanadi.

Dizayner va aktrisa Shahzoda Muhammedova farzandlarni ko‘cha ovqatlari va zararli mahsulotlardan qaytarish borasidagi tajribasi bilan o‘rtoqlashdi.

Uning aytishicha, qizi avval sosiska mahsulotlarini juda ko‘p iste’mol qilgan. Aktrisa esa uni asta-sekin bu odatdan qaytarishga harakat qilgan.

Shahzoda Muhammedovaning so‘zlariga ko‘ra, bolaga zararli mahsulotlarning oqibatini tushuntirish muhim. U ota-onalarga farzandlariga bunday ovqatlar sog‘liq uchun foydali emasligini sodda tilda izohlashni tavsiya qildi. Youtube tarmoqlarida agar shu narsani yesang gijjalar,qurtlar paydo bo‘lishi mumkinligi haqida tushuntirish eng samarali usuli ekanini ta’kidlab o‘tdi.

Aktrisaning bu fikrlari ijtimoiy tarmoqlarda turli munosabatlarga sabab bo‘ldi. Ayrimlar uning tajribasini qo‘llab-quvvatlasa, boshqalar bolalarni qo‘rqitmasdan, sog‘lom ovqatlanishga yumshoq usulda o‘rgatish kerakligini ta’kidlamoqda.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar