Yulduz Usmonovaning sog‘lom hayot tarzi muxlislarda qiziqish uyg‘otdi

O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonova sog‘lom turmush tarziga bo‘lgan e’tiborini yana bir bor namoyish etdi. Xonanda ijtimoiy tarmoqlarda turmush o‘rtog‘i bilan birgalikda sport bilan shug‘ullanayotgan lavhalarni ulashdi.
San’atkorning ta’kidlashicha, sog‘lom hayot kechirish va jismoniy faollikni saqlab turish inson salomatligi uchun nihoyatda muhim. Yulduz Usmonova hatto yozning issiq kunlarida ham mashg‘ulotlarni kanda qilmasligini aytib o‘tdi.
Xonanda muntazam sport bilan shug‘ullanish inson organizmiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishini, buning uchun imkon qadar bir necha murabbiy yoki sport mutaxassislari tavsiyalaridan foydalanish foydali ekanini ta’kidladi.
“Haftasiga kamida uch-to‘rt kun sport bilan shug‘ullanish sog‘liq uchun juda foydali”, — deya qayd etdi san’atkor.






























Izohlar 0
…