Rayhon G‘aniyeva “Bobur” arenasini yondirdi: unutilmas shou

O‘zbek shou-biznesining yorqin yulduzi Rayhon G‘aniyevaning tashrifi shaharda haqiqiy musiqiy bayramga aylandi. U yangi “Bobur” arenasining tantanali ochilish marosimida sahnaga chiqib, minglab muxlislarga unutilmas kayfiyat ulashdi.
Aynan shu muhtasham majmuaning ilk yirik konsert dasturi Rayhonning jo‘shqin chiqishi bilan boshlandi. Xonanda kecha davomida o‘zining yillar davomida xit-paradlardan tushmagan eng sara qo‘shiqlarini jonli ijroda taqdim etdi.
Konsert muhiti juda qaynoq va shiddatli kechdi. Zamonaviy yorug‘lik shousi va kuchli akustika ostida yangragan har bir taronaga stadiondagi muxlislar bir ovozdan jo‘r bo‘lishdi. Xonanda bilan auditoriya o‘rtasidagi samimiy muloqot va kuchli energiya uyg‘unligi kechaga alohida joziba bag‘ishladi.





























Izohlar 0
…