“Ayol emas, ona bo‘ldim” - Mashhur rejissor Zebo Navro‘zova o‘g‘il tarbiyasidagi eng muhim sirni aytdi

“Ayol emas, ona bo‘ldim” - Mashhur rejissor Zebo Navro‘zova o‘g‘il tarbiyasidagi eng muhim sirni aytdi
Qisqacha

Kinorejissor Zebo Navro‘zova uch nafar o‘g‘lini voyaga yetkazish uchun bir vaqtning o‘zida bir nechta joyda ishlashga majbur bo‘lganini aytdi. U san’at sohasidagi faoliyatining boshlarida imkoniyatlar cheklangani sababli oilani ta’minlash qiyin kechganini ta'kidladi. Farzandlari tarbiyasida qat’iyat va intizomga tayangan rejissor ayollikdan ko‘ra onalikni tanlaganini bildirdi.

Kinorejissor Zebo Navro‘zova intervyularidan birida farzand tarbiyasi, onalik mas’uliyati va hayotidagi qiyin davrlar haqida samimiy fikrlarini bildirdi.

Uning aytishicha, uch nafar o‘g‘lini voyaga yetkazish uchun bir vaqtning o‘zida bir necha joyda ishlashiga to‘g‘ri kelgan. Ayniqsa, san’at sohasida faoliyat boshlagan yillarda imkoniyatlar cheklangani sabab oilani ta’minlash oson kechmagan.

“To‘g‘risini aytsam, o‘sha paytlari ikki-uchta ishda ishlaganman. Uchta o‘g‘il bolani katta qilish kerak edi. San’at yo‘liga kirganingizdan keyin hamma eshiklar birdaniga ochilib ketmaydi”, — deydi rejissor.

Zebo Navro‘zovaning ta’kidlashicha, farzandlari tarbiyasida u ko‘proq qat’iyat va intizomga tayanishga harakat qilgan.

“Men ularga nisbatan ko‘proq qattiqqo‘l bo‘lganman. Ayollikdan ko‘ra onalikni tanladim. Farzandlarim uchun murabbiy ham, yo‘l ko‘rsatuvchi ham bo‘lishga harakat qilganman”, — deya qo‘shimcha qiladi u.

“Har bir ona farzandini otga mindiradi, o‘zi esa yayov yuradi”, — degan fikri ko‘plab tinglovchilar qalbidan joy oldi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar