Sochi bo‘yidan ham uzun: Marjona O‘ljoyeva hayratda qoldirdi (video)

Aktrisa Marjona O‘ljoyeva “Omon-Omon” ko‘rsatuviga mehmon sifatida tashrif buyurib, o‘zining nihoyatda uzun sochlari haqida qiziqarli ma’lumotlarni ulashdi.
Suhbat davomida boshlovchilardan biri: “Sochingizning bu qadar uzun bo‘lishiga kim sababchi?” deya savol berdi. Aktrisa esa samimiy javob qaytarib, bu borada buvisi katta o‘rin tutganini aytdi: “Sochimning uzun bo‘lishiga, aslida, buvim sababchi. Hatto aytsam ham bo‘ladi — bu soch menga buvimdan meros. Onamning sochlari ham uzun bo‘lgan. Opam bor, lekin ularning sochlari unchalik uzun emas, mening sochim esa uzun”, — dedi u.
Shuningdek, aktrisa sochlarini parvarishlab turishini, vaqti-vaqti bilan uchlarini qirqishini ham qo‘shimcha qildi. Hatto farzandli bo‘lganidan keyin ham sochining ancha qismini qirqqanini aytdi.
Dastlab, Marjona O‘ljoyeva sochlarini ko‘rsatishga biroz hijolat bo‘lib, “Kecha tasvirga olish paytida sochlarim chigal bo‘lib qolgan, tarashga ulgurmadim”, deya izoh berdi. Biroq ko‘rsatuv davomida boshlovchilar uni ko‘ndirishga muvaffaq bo‘lishdi.
Natijada aktrisa sochlarini yoyib, uning haqiqiy uzunligini namoyish etdi. Haqiqatan ham uning sochlari bo‘yidan ham uzun bo‘lib, yerga tegib turardi.
Boshlovchilar qiziqib, sochining uzunligi haqida so‘rashganda, aktrisa: “Bo‘yim 170 sm bo‘lsa, sochim taxminan 180 sm atrofida”, — deya javob berdi.
Suhbat yakunida boshlovchilar aktrisaga iliq tilaklar bildirib, uning ijodiga omad va muvaffaqiyatlar tilashdi.






























Izohlar 0
…