
Foto: Dream Works
Mashhur multfilm qahramoni «Kung-fu panda» obrazini yaratgan rassom Jeymi Gordon jazoga tortildi.
Rassom 2011 yilda Dream Works Animation kompaniyasini uning mualliflik huquqlarini buzganlikda ayblab, sudga bergandi. Gordon kompaniyani multfilmlarida uning chizmalaridan foydalanganlikda ayblaydi.
Dream Works bu borada tekshiruv olib bordi va Gordon ba’zi chizmalarida mashhur «Qirol sher» multfilmidagi chizmalardan foydalanganini aniqladi.
Oqibatda sud Jeymi Gordonni tovlamachilikda ayblab, ikki yilga ozodlikdan mahrum qildi. Bundan tashqari Goron Dream Works kompaniyasiga 3 million dollar to‘laydi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar