Gruziya Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni oliy orden bilan taqdirladi

Kecha, 2 iyul kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Gruziyaga amalga oshirayotgan davlat tashrifi doirasida Tbilisidagi Orbeliani saroyida Gruziya Prezidenti Mixail Kavelashvili bilan oliy darajadagi muzokaralar bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati ma’lum qildi.
Uchrashuv davomida tomonlar O‘zbekiston va Gruziya o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni yanada rivojlantirish, savdo-iqtisodiy aloqalarni kengaytirish, transport-logistika, turizm, madaniyat hamda boshqa istiqbolli yo‘nalishlarda hamkorlikni mustahkamlash masalalarini muhokama qildi.
Muzokaralar yakunida Gruziya Prezidenti Mixail Kavelashvili O‘zbekiston yetakchisi Shavkat Mirziyoyevni mamlakatning yuksak davlat mukofotlaridan biri — “Oltin mo‘yna” ordeni bilan taqdirladi.
Uchrashuv so‘ngida Shavkat Mirziyoyev Gruziya Prezidentini rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga kelishga taklif etdi. Tomonlar o‘zaro manfaatli hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish va oliy darajadagi muloqotlarni izchil davom ettirishga tayyor ekanliklarini bildirdi.































Izohlar 0
…