Umidaxon Hojiyevaning qizalog‘i 1 yoshni qarshi oldi (video)

Bugun xonanda Umidaxon Hojiyeva oilasi uchun unutilmas va quvonchli kunlardan biri. San’atkorning qizalog‘i Ominaxon ilk tug‘ilgan kunini nishonlab, 1 yoshni qarshi oldi.
Xonanda ushbu quvonchli lahzani muxlislari bilan bo‘lishish maqsadida Instagram sahifasida samimiy videoni e’lon qildi. U videoga “1 yoshing muborak, Ominaxon. 05.07.2025” deya izoh qoldirib, qizalog‘iga bo‘lgan cheksiz mehrini ifoda etdi.
Qisqa vaqt ichida ushbu video ijtimoiy tarmoqlarda ko‘plab kuzatuvchilarning e’tiborini tortdi. Muxlislar izohlarda Ominaxonni tavallud ayyomi bilan samimiy muborakbod etib, unga sog‘lik, uzoq umr, baxtli bolalik va porloq kelajak tilashmoqda.
Ma’lumot uchun, xonanda Umidaxon Hojiyeva ikki nafar farzandning onasi. Uning birinchi farzandi — Muhammad, u 2019 yil 4 aprelda tug‘ilgan. Ikkinchi farzandi esa Ominaxon bo‘lib, u 2025 yil 5 iyulda dunyoga kelgan.
E’tiborlisi, xonanda o‘tgan yili muxlislar e’tiboriga havola etgan “Jajji farishta” nomli qo‘shig‘ini aynan qizalog‘i Ominaxonga bag‘ishlab ijro etgan. Mazkur tarona onaning farzandiga bo‘lgan cheksiz mehri va samimiy tuyg‘ularini aks ettirgani bilan muxlislar tomonidan iliq kutib olingan.






























Izohlar 0
…