Ziyoda yana hayratda qoldirdi: “Fark et” klipi premera qilindi (video)

Ziyoda yana hayratda qoldirdi: “Fark et” klipi premera qilindi (video)

O‘zining betakror ovozi va sermahsul ijodi bilan muxlislar mehrini qozongan xonanda Ziyoda navbatdagi musiqiy yangiligini taqdim etdi. San’atkorning “Fark et” nomli yangi taronasi va unga ishlangan videoklip kecha soat 19:00 da YouTube platformasida premera qilindi.

“Fark et” — o‘ziga ishongan, qat’iyatli va maqsadi sari dadil odimlaydigan inson ruhiyatini aks ettiruvchi tarona. Qo‘shiq hayotdagi qiyinchiliklarga qaramay o‘z yo‘lini topgan, o‘z qadrini biladigan insonning kuchli xarakterini musiqiy ohanglar orqali ifodalaydi.

Tarona zamonaviy ritm, ta’sirchan so‘zlar va jo‘shqin ohangi bilan tinglovchiga motivatsiya, ishonch hamda ijobiy kayfiyat ulashadi. Ayniqsa, qo‘shiqning turkcha talqinda ijro etilgani unga o‘zgacha joziba bag‘ishlagan.

Raqsbop ritm va esda qoladigan kuy bilan bezatilgan “Fark et” qisqa vaqt ichida muxlislar e’tiborini tortishga ulgurdi. Ijtimoiy tarmoqlarda qo‘shiq va klip yuzasidan iliq fikrlar bildirilmoqda.

Ma’lumot uchun, tarona matni va musiqasi Shahboz Nosirjonov qalamiga mansub.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar