Bollivud Shohruh Xonsiz bo‘lmaydi: aktyorga mashhur filmlar davomidan takliflar tushmoqda (video)

Shohruh Xon “Qirol” filmi premerasidan keyin ijodiy tanaffus qilishni rejalashtirgani aytilmoqda. 60 yoshli hind aktyori navbatdagi syomka ishlari bilan band bo‘lib turgan bir paytda, unga yana bir nechta loyihadan takliflar tushgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Karan Johar aktyorni “Gohi shodlik, gohi g‘am” filmining ikkinchi qismiga taklif qilgan. Farah Xon esa Shohruh Xonni “Men borman-ku” davomida ko‘rishni istamoqda.
“Don” filmining uchinchi qismi masalasi ham hali yopilmagan. Shohruh Xon bu loyihani rad qilgani aytilsa-da, prodyuserlar film davomini aktyorsiz tasavvur qilish qiyinligini bildirmoqda.
Yana bir taklif rejissyor Sanjay Lila Bhansalidan kelgan. U yangi filmida bosh rol uchun Shohruh Xonni kutmoqda. Bu obraz aktyorning o‘zi uchun ham uzoq vaqtdan beri xohlagan rollaridan biri ekani aytilgan.
Hozircha Shohruh Xon qaysi loyihani tanlashi aniq emas. Ammo bir narsa ma’lum: aktyor tanaffusga chiqish haqida o‘ylayotgan vaqtda ham Bollivud rejissyorlari uni yangi filmlarda ko‘rishni xohlamoqda.































Izohlar 0
…