Shahlo va Veysel to‘yda kuylagan maxsus duet barchaning e’tiborini tortdi (video)

Shahlo va Veysel to‘yda kuylagan maxsus duet barchaning e’tiborini tortdi (video)

Xorazmlik xonanda Shahlo Salayeva va turkiyalik xonanda Veysel Dulger 19 iyul kuni Istanbulda o‘tkazilgan ilk nikoh to‘yidan so‘ng, 21 iyul kuni Trabzonda yana bir to‘y marosimini nishonladi.

Trabzondagi tantanadan tarqalgan videolarda eng ko‘p e’tiborni kelin-kuyovning sahnaga birga chiqib, raqsga tushgani va maxsus duet ijro etgani tortdi. Ular turk tilidagi romantik qo‘shiqni birgalikda kuylab, yig‘ilgan mehmonlarning olqishiga sazovor bo‘ldi. Mazkur qo‘shiq aynan ularning to‘yi uchun maxsus tayyorlangani aytilmoqda.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolar qisqa fursatda ko‘plab tomoshalarga ega bo‘ldi. Izohlarda muxlislar Shahlo va Veyselni yangi hayot bosqichi bilan tabriklab, ularga uzoq va baxtli oilaviy hayot hamda cheksiz baxt tilashmoqda.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar