Nilufar Usmonova onasiga aytgisi keladigan gaplarni oshkor qildi: «Meni erkalang, degim keladi» (video)

Xonanda Nilufar Usmonova “Xush kelibsiz” dasturida mehmon bo‘lib, onasiga bo‘lgan mehrini va unga aytgisi keladigan, ammo ko‘pincha ichida saqlab qoladigan gaplari haqida so‘zlab berdi.
San’atkor onasiga erkalangisi kelishini ham yashirmadi. Uning aytishicha, onasini xafa qilib qo‘yishdan yoki ko‘ngliga ozor berishdan cho‘chigani uchun ko‘p narsani aytmaydi.
“Ayamga ko‘p narsalarni aytgim keladi. Lekin biror gapim bilan xafa qilib qo‘ymay, ko‘ngillarini og‘ritmay, deyman. Shuning uchun ko‘p narsani aytmayman. Lekin, aya, sizni yaxshi ko‘raman, jonimdan ortiq ko‘raman. Sizsiz bo‘lmaydi, yasholmayman. Meni erkalang, degim keladi”, — dedi Nilufar Usmonova kulib.
Xonandaning samimiy iqrorlari ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarida ham iliq taassurot qoldirdi. Izohlarda ko‘pchilik uning so‘zlarini qo‘llab-quvvatlab, ona mehriga bo‘lgan ehtiyoj har qanday yoshda ham saqlanib qolishini ta’kidladi.






























Izohlar 0
…