Sevila Xudoyberganova 23 yoshni qarshi oldi: yaqinlari unga unutilmas syurpriz tayyorladi (video)

Aktrisa Sevila Xudoyberganova 22 oktyabr kuni 23 yoshni qarshi oldi. U Instagram sahifasida tug‘ilgan kunidan olingan videoni joylashtirib, muxlislari bilan quvonchli lahzalarini bo‘lishdi.
Videoda aktrisaning onasi va tanlagan insoni unga kutilmagan syurpriz tayyorlagani aks etgan. Tug‘ilgan kun munosabati bilan Sevilaga turli shakldagi gul dastalar, ismi yozilgan va yoshi aks etgan sharlar, turli brendlarning sovg‘alari hamda bayram torti taqdim etilgan. Shuningdek, bayram mushakbozlik bilan yanada ko‘tarinki ruhda davom etgan.
Aktrisaning quvonchli kunidan olingan tasvirlar muxlislar e’tiborini tortdi. Izohlarda ko‘plab foydalanuvchilar Sevilani tavallud kuni bilan tabriklab, unga samimiy tilaklarini yo‘llamoqda.






























Izohlar 0
…