Shaxlo Axmedova muxlislariga o‘z siri to‘g‘risida ma’lum qildi

Madaniyat1 daqiqa o'qish19.1K
Shaxlo Axmedova muxlislariga o‘z siri to‘g‘risida ma’lum qildi
Yosh, iste’dodli xonanda Shaxlo Axmedova shou-biznesda do‘stlari yo‘qligi, nega ishlari cho‘zilib ketishi va xonanda bo‘lmaganida kim bo‘lishi mumkinligi haqida ma’lum qildi, deb yozadi MyDay.

Qo‘shiq yoki klip yaratishga qo‘l urganimda boshidan aniq maqsad qo‘yaman va nima xohlayotganimni bilaman. Ammo musiqa bastalanayotgan vaqtda o‘zgartirishlar kiritishim mumkin.
Ijodda injiqman. Shu sababli ko‘p ishlarim cho‘zilib ketadi.
Ijod uchun vaqtimdan va uyqudan voz kechganman.

Hozirgi kunda ijodda Bobur Umarov bilan hamkorlik qilmoqdaman. Undan tashqari Jasur Badalbayev bilan ham birga ishlaganmiz.
Shaxlo Axmedova muxlislariga o‘z siri to‘g‘risida ma’lum qildi
Shou-biznesda umuman do‘stlarim yo‘q, lekin hamma ijodkorlarni hurmat qilaman. Mening do‘stim – onam.
Hozirgi kundagi maqsadim – o‘z ustimda ishlash. Yuksalishga harakat qilish.
Nasib qilsa, 3-4 yildan so‘ng konsert dasturimni havola qilishni rejalashtirganman.
Shaxlo Axmedova muxlislariga o‘z siri to‘g‘risida ma’lum qildi
Agar xonanda bo‘lmaganimda, dizayner yoki modellik kasbini tanlardim. Juda ham modaga qiziqaman.
Insonlarda qadrlaydigan hislatlarim bu – rostgo‘ylik, insoniylik va samimiylik.
Yevropa va Amerika davlatlari bo‘ylab sayohat qilish juda ham yoqadi.
Kech qolish odatimni to‘g‘irlashni istar edim.

Shuningdek, xonanda o‘zining yangi «Qani» deb nomlangan taronasiga syujet yo‘nalishida klip suratga oldirdi.
Shaxlo Axmedova muxlislariga o‘z siri to‘g‘risida ma’lum qildi
Klip rejissyori mahoratli Muhammadali Iskandarov, operator Rustam Murodov. Qo‘shiq she’ri va musiqasi Bobur Umarovga tegishli. Klipda Shaxlo Axmedovani bir nechta obrazda ko‘rishimiz mumkin bo‘ladi.
Shaxlo Axmedova muxlislariga o‘z siri to‘g‘risida ma’lum qildi
SHAXLO AXMЕDOVA KLIP HAQIDA
«Muxlislarim taklifiga binoan klipni syujet yo‘nalishida olishga qaror qildim. Yana bir narsani aytib o‘tmoqchiman, videoklipimizda taniqli bo‘lishiga qaramasdan, avval hech qaysi kliplarda rol ijro etmagan insonni muxlislar ko‘rishlari mumkin bo‘ladi. Bu insonni kimligini esa klip premyerasidan so‘ng bilib olishingiz mumkin bo‘ladi. Hozircha esa bu sir».

Keyingi yangilik

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?