12 184
Xalqning noroziligiga qaramasdan, Davron Kabulov 9 qavatli mehmonxona qurmoqchimi? (video)
«Telegram» tarmoqlarida «Million» jamoasi a’zosi Davron Kabulov 9 qavatli mehmonxona qurayotganligi haqida xabar tarqaldi.
Ma’lum bo‘lishicha, bu imoratning qurilishiga o‘sha yerda yashayotgan aholi norozilik bildirgan. Chunki ularga qurilish boshlanishidan avval Davron Kabulovning ota-onasi kelib, bir qavatli uy quramiz deb aytishgan. Ancha vaqtdan so‘ng esa to‘qqiz qavatli uy poydevori uchun chuqur qazilgan. Qazish vaqtida boshqa uylarning poydevorlariga ham zarar yetkazilgan. Bu holatdan keyin uy egalari qurilishga boshchilik qilayotgan Davron Kabulovning amakisiga murojaat qilishgan. Lekin u: «Xohlagan joyingga bor, hokim menga, xohlasang, o‘n qavat qilib quraver degan», deb jerkib bergan. Shundan so‘ng aholi Sanitariya va epidemiologiya nazorati(SES)ga shikoyat yo‘llagan. SES binoning balandligi yerdan to‘rt yarim metr yuqori ko‘tarilmasin, deb qaror chiqargan. Ammo, baribir, imoratning savlati to‘rt yarim metrdan oshib ketgan.
Qurilishdagi ishchilardan so‘ralganda, ular besh qavatli uy quryapmiz, deb aytishgan. Davron Kabulov bilan gaplashilganda, u indamasliklari uchun shikoyatchilarga pul yoki ko‘chib ketishlari uchun uy taklif qilgan. Lekin uning taklifidagi uy talabga javob bermaydigan ahvolda bo‘lgan.
Bu ishlarni tekshirish uchun hokim o‘rinbosari va mahalla xodimlari kelgan. Lekin, baribir, hech qanday o‘zgarish bo‘lmagan. Ular ketishi bilanoq yana qurilish davom etgan. Hozirda qayerga shikoyat qilishni bilmay odamlarning boshi qotgan.
Voqea tafsilotini quyidagi videodan bilib olishingiz mumkin.
“Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi
NATO rahbari: “Ukrainaga bergan va’damizni bajarmadik”
O‘zbekistonda uy-joy va avtomobillar oldi-sotdisi naqd pulsiz shaklga o‘tkazilishi mumkin
Ukraina Qurolli kuchlari qo‘mondonlari g‘alabaga ishonishni to‘xtatishdi
Fon der Lyayen Putinning «ishonli odamlari» bilan hamkorlikni istisno etdi
Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi
U-23 Osiyo kubogi. Norchayev finalda gol ursa, to‘purar bo‘lishi mumkin