"O‘zbekkino" milliy agentligi tomonidan O‘zbekiston va Rossiya kinoijodkorlari o‘rtasida ijodiy hamkorlik aloqalarini mustahkamlash maqsadida bir qancha amaliy ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, "Baron 2" filmini ikki davlat kinoijodkorlari hamkorligida suratga olish rejalashtirilgan.
"Baron 2: Qaytish" kartinasi "O‘zbekkino" hamkorligida Rossiyaning "Inferno" prodyuserlik markazi tomonidan suratga olinishi ma’lum qilindi.
"Bu film haqiqiy bomba bo‘ladi va albatta, bu O‘zbekistondagi eng talantli rejissyor Rustam Sagdiyev tufayli. U o‘zini ayamaydi. Sidqidildan yondashadi. Filmda o‘zbek aktyorlari, rossiyalik aktyorlar, qozog‘istonlik yulduz, Belarus, Turkiya, Misr va Suriyadan artistlar rol ijro etishgan", - dedi kecha bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston-Rossiya kinoforumi davomida "Inferno" prodyuserlik markazi rahbari Ivan Arxipov.
Eslatib o‘tamiz, jangari ruhdagi filmning birinchi qismi 2016 yil 15 yanvarda katta ekranlarga chiqqan va tomoshabinlarda katta qiziqish uyg‘otgan. Film davomida aktyor Farhod Maxmudov ishtirok etishi ma’lum. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
AQSHning Markaziy Osiyo davlatlari bo‘yicha strategiyasida Rossiya va Xitoyning tilga olinishi
Eron Afg‘oniston bilan chegarasida beton devor qurishni boshladi
Otabek G‘ulomxo‘jayev: "Tarixiy g‘alaba orqali o‘zbek xalqiga xursandchilik ulashgan yigitlarga rahmat"
Toshkent viloyatida ikki yigit taksi haydovchisining joniga qasd qilmoqchi bo‘ldi
Rogov: Amerika qo‘shinlarining Ukrainada paydo bo‘lishi "ochiq ishg‘ol" bo‘ladi
Gurjiston parlamentida «chet el agentlari» to‘g‘risidagi qonun tufayli mushtlashuv yuz berdi
Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi