21:03 / 03.06.2020
4 979

Shahzoda tabassumlar ortida yashiringan ichki kurashlar haqida gapirdi

Shahzoda tabassumlar ortida yashiringan ichki kurashlar haqida gapirdi
Foto: Instagram / @shahzodasinger
Shahzoda muxlislarini mehrli bo‘lishga chaqirdi. Xonanda bu haqdagi mulohazalarini Instagram’dagi sahifasida yozib qoldirdi.

«Atrofdagi insonlarga mehrliroq bo‘ling. O‘ylashimcha, sizning atrofingizdagi insonlarga ham oson emas. Har bir tabassum ortida xuddi sizniki kabi muammolar bilan ichki ziddiyatli kurash yashiringan. Qo‘llab-quvvatlash, yordam berish va yon bosish eng yaxshi hayotiy sovg‘alar. Va biz tez-tez ularni olib turamiz. Qo‘pollikka yumshoqlik bilan, yolg‘onga haqiqat bilan javob qaytaring. Atrofdagilardan ko‘ra o‘zingizni ko‘proq tinglang, eshiting. ‘Hamma yuguradi, men esa yugurmayman’ — bu qadrli, bu ulg‘ayganlik belgisi. Yaxshisi, o‘zingizga baxt o‘ylab toping!», — deb yozadi Shahzoda.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Shahzoda tabassumlar ortida yashiringan ichki kurashlar haqida gapirdi