23:16 / 15.05.2021
6 201

Qiziqarli syujeti bilan tomoshabinni ekran qarshisiga «mixlab» qo‘yadigan turk seriallari


Turk kinosanoatida bir-biridan qiziq syujetga ega, turli janrda suratga olingan seriallar qalashib yotibdi. Voqealar rivoji bir-biriga o‘xshamagan, shu bilan birga, o‘ziga xosligi bilan tomoshabinlar mehrini qozongan loyihalar haqida ma’lumot berib o‘tamiz.

«Tong qushi»

Foto: Cosmopolitan
2018 yili ekran yuzini ko‘rgan serialda Sanem ismli qiz moliyaviy ahvolini yaxshilash uchun opasi ishlaydigan reklama agentligiga ishga kiradi. Ochiqko‘ngil, samimiy qahramon faoliyat yuritayotgan agentlik rahbarini yaxshi ko‘rib qoladi. Bir-biriga ko‘ngil qo‘ygan juftlik bir-biridan qiziqarli voqealarni boshdan kechiradi. Tomoshabinlar 51 qism davom etadigan serialni ko‘rish davomida baxtga erishish oson bo‘lmasligi, ko‘p sinovlar duch kelishi mumkinligiga amin bo‘ladi.

«To‘lin oy»

Foto: Cosmopolitan
«Tong qushi»dagi ijrosi bilan tomoshabinlar qalbidan joy olgan aktyor Jan Yaman mazkur serialda ham bosh qahramonlardan birini gavdalantiradi. Endi oshpazlikni boshlagan Nozli va u ishlaydigan xonadon egasi Ferit bir-biriga ko‘ngil qo‘yadi. Jan Yaman jonlantirgan bosh qahramon o‘ta talabchan va tartib-qoidalarga amal qiladigan, qiz bo‘lsa buning aksi bo‘ladi. Voqealar rivoji qizning bola uyiga oshpaz bo‘lib ishga kirganidan keyin boshlanadi. Yapon restoranini ochishni istaydigan qizning hayoti shaxsiy oshpaz bo‘lib faoliyat boshlaganidan keyin o‘zgarib ketadi.

«To‘qnashuv»

Foto: Cosmopolitan
Syujeti taqdirdan qochib qutilib bo‘lmaslikka ishora qiladigan mazkur serialda to‘rt nafar qahramonning hayoti yo‘l transporti hodisasiga uchragandan keyin bir-biriga bog‘liq bo‘lib qoladi. Mazkur baxtsiz hodisada aybdor bo‘lgan, erining xurmacha qiliqlaridan charchagan bank xodimi Zeynep, uning advokati Jemre, terakt sabab oilasini yo‘qotgan politsiyachi Qodir va endigina qamoqdan chiqib hayotini yangidan boshlashga qaror qilgan Kerem o‘rtasida nima aloqadorlik borligini serialni tomosha qilish davomida bilib olishingiz mumkin.

«Qulupnay ifori»

Foto: Cosmopolitan
Mazkur serialni ko‘rgan har qaysi tomoshabinda Turkiyaga ta’til uchun borish istagi paydo bo‘ladi. Qizlarga suyagi yo‘q bo‘lgan Burakning hayoti oddiy oilaning farzandi bo‘lgan va taniqli qandolatchi bo‘lishni istaydigan Asli bilan uchrashgandan keyin o‘zgaradi. Qiz va badavlat yigit kulgili vaziyatlardan birida tanishadi.

«Qanotsiz qushlar»

Foto: Cosmopolitan
Ushbu serialni tomosha qilish davomida ona farzandlarining baxti uchun hamma narsaga tayyor bo‘lishini yana bir marta tushunib yetish mumkin. «Qanotsiz qushlar»da hamma narsa — sevgi, nafrat, sadoqat, xiyonat va umid bor. Undagi psixologik yondashuv va yorqin kelajakka bo‘lgan ishonchning mujassamligi oddiy narsalarga ham boshqa ko‘z bilan qarash, hatto chorasiz tuyilgan muammolarga ham qo‘l siltashga undaydi.

«Sevgi iztirobi»

Foto: Cosmopolitan
Ssenariy mualliflari fantaziyasining chegara bilmagani va ajoyib sevgi qissasini o‘z ichiga olgan «Sevgi iztirobi» Turkiyada «Muhtasham yuz yil»dan keyin ikkinchi mashhur serial sanaladi. Ilk bor avtobusda uchrashgan juftlik – badavlat oilaning rassomlik bilan shug‘ullanadigan qizi Nihon va oddiy oilaning farzandi Kamol o‘rtasida keyinchalik sevgi paydo bo‘ladi. Qahramonlar bir qancha qiyinchilik va sinovlarni boshdan kechiradi.

«Hayot sirlari»

Foto: Cosmopolitan
E’tibor markazida restoran biznesi bilan shug‘ullanadigan Kuzgun oilasi bo‘ladi. Tomoshabin asosiy qahramonlarning munosabatlarini kuzatish bilan ovora bo‘lgan bir vaqtda boshqa qahramonlarning sirlari ochilib, voqealar rivoji yanada qiziqarli tus ola boshlaydi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Qiziqarli syujeti bilan tomoshabinni ekran qarshisiga «mixlab» qo‘yadigan turk seriallari