1 532
Otabek Mutalxo‘jayev amaldorning to‘yiga bormagani uchun salkam bir yil «zapret»ga tushganini aytdi
Xonanda Otabek Mutalxo‘jayev Yashin TV YouTube kanaliga bergan intervyusida yuqori lavozimda ishlaydigan amaldorning to‘yiga bormagani uchun salkam bir yil «zapret» ga tushgani haqida gapirib berdi.
«U amaldor kimligi ham aytilmagan, hozir ham aytish niyatim yo‘q. O‘tgan ish o‘tib ketdi. Rostdan ham 8-9 oy davomida na radio, na televideniye va na gazeta-jurnal, na to‘y-hasham – hech qayerga chiqishga ruxsat bo‘lmagan. Bu 2007—2008 yillarga to‘g‘ri kelgan. 2007 yil juda ham xotiralarga, yutuqlarga boy bo‘lgan. Lekin yilning oxirida shunaqa holat bo‘lgan va 2008 yilgacha cho‘zilgan. O‘sha vaqtda hech kim bunga aralasha olmagan, hal qilolmagan. Dilim og‘rigan, to‘g‘risi.
Keyin o‘sha insonlarni ham ko‘rdik, o‘zi ham xor bo‘ldi. Baribir hayot ko‘rsatib qo‘ydi. O‘tirgan joy, mansab, obro‘-e’tibor oxirigacha emas, vaqtincha. Ular odamzodga abadiy berilmaydi. Bunday vaqtda yomonlik qilmaslik kerak iloji boricha, qo‘lidan kelgancha yaxshilik qilish kerak. Chunki ertaga bu mansabdan yiqilishing bor, o‘sha sen yomonlik qilgan, turtkilagan insonlaring ustingdan kulishini ham o‘ylab qo‘yish kerak bu hayotda. Shunaqa insonlarni ko‘rdik», – deydi Otabek Mutalxo‘jayev.
Xonanda, shuningdek, bu voqea unga yosh bo‘lgani uchun ham juda yomon ta’sir qilgani, balki bu kabi vaziyatga hozirgi kunda, oyoqqa turgan vaqtida uchrasa, bu darajada bilinmasligini qo‘shimcha qilgan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Srechko Katanes: "Qanday qilib so‘nggi daqiqada oddiy gol o‘tkazdik, buni bilmayman"