
Foto: Pinterest
Taniqli turk aktyori Oʻzjan Deniz Feyza Aktan bilan ajrashgach, yana oila qurishga qaror qildi. Bu safar Oʻzjanning qalbini eronlik 27 yoshli dizayner – Samar Dadgar zabt etdi. Aktyorning oʻzi unga turmush qurish taklifini bildirganini ma'lum qilgan.

Foto: Pinterest
Xabar berilishicha, Samar taklifga rozilik bildirgan, ammo Oʻzjanning onasi bu nikohga va oʻgʻlining navbatdagi oʻzidan ancha yosh qiz bilan munosabatiga qarshi.

Foto: Pinterest
Ma'lum boʻlishicha, dizayner va turkiyalik mashhur aktyorning oʻrtasidagi ishqiy munosabatlar 2021 yilning yozida Oʻzjanning «Seni uzoq kutdim» nomli yangi loyihasini suratga olish vaqtida boshlangan. Juftlik munosabatlarini uzoq vaqt sir saqladi, ammo his-tuygʻular jiddiy ekaniga ishonch hosil qilgandan soʻng, uni oshkor qilishga qaror qildi.
Eslatib oʻtamiz, Oʻzjan Deniz oʻzbek tomoshabinlariga «Ishkomli uy», «Iyun oqshomi» va «Istanbullik kelin» seriallari orqali tanish. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar