date
views 2 396

Dam olish kunlari harorat keskin oʻzgarishi kutilyapti

Dam olish kunlari harorat keskin oʻzgarishi kutilyapti
Respublika Gidrometeorologiya xizmati dam olish kunlari uchun ob-havo ma'lumotini e'lon qildi. Ushbu kunlarda Ramazon hayiti ham nishonlanishi kutilmoqda.

Bugun va ertaga Oʻzbekiston hududining katta qismida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Faqat Samarqand, Jizzax viloyatlarining ayrim tumanlarida bugun kunduz kuni, Toshkent viloyati va Fargʻona vodiysida ba'zi joylarda ertaga kechasi va ertalab qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin.

1-2 mayda respublika hududiga Eron hududlaridan may oyining boshi uchun ancha juda issiq boʻlgan havo kirib kelishi kuchayadi. Kunduz kunlari havo 32-34° gacha, respublika janubida 36-39° gacha isiydi. Bunday harorat foni meteorologik kuzatuvlarning barcha yillari uchun ushbu davrning eng yuqori haroratidan faqat 2-3° ga past boʻladi. Shu kunlarda faqat respublikaning shimoli-gʻarbiy hududlarida qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi mumkin. Qolgan hududlarda quruq va asosan kam bulutli ob-havo boʻlishi kutilmoqda.

3-4 mayda Oʻzbekiston hududiga Volga boʻyi hududlaridan nam va nisbatan salqin havo massalari kirib keladi. Respublika boʻyicha vaqti-vaqti bilan qisqa muddatli yomgʻir yogʻadi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Respublikaning togʻ oldi va togʻli hududlarida ba'zi joylarda kuchli yomgʻir yogʻishi mumkin. Ba'zi joylarda shamol 17-22 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda, 3 mayda ba'zi joylarda chang toʻzonlari kuzatilishi mumkin. Kunduzi havo harorati 22-25° gacha pasayadi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Dam olish kunlari harorat keskin oʻzgarishi kutilyapti