date
views 1 183

O‘zbekistonda xususiy sud ekspertlari faoliyati yo‘lga qo‘yilishi mumkin

O‘zbekistonda xususiy sud ekspertlari faoliyati yo‘lga qo‘yilishi mumkin
Adliya vazirligi «Sud ekspertiza sohasini tartibga soluvchi ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida»gi Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasini muhokamaga qo‘ydi.

Loyihada quyidagilar tasdiqlanishi nazarda tutilmoqda:

Sud ekspertlarining faoliyatini kasbiy layoqatliligi, o‘tkazilgan sud ekspertizalarining sifati va boshqa mezonlarga asosan reyting tizimida baholab borish to‘g‘risidagi namunaviy nizom.

Nizomga:
  • davlat sud-ekspertiza muassasasi va nodavlat sud-ekspertiza tashkiloti ekspertlarining faoliyatini kasbiy layoqatliligi, o‘tkazilgan sud ekspertizalarining sifati va boshqa mezonlarga asosan reyting tizimida baholab borish tartibi va baholash mezonlarini belgilash;
  • sud eksperti faoliyatini «a’lo», «yaxshi», «qoniqarli», «qoniqarsiz» o‘lchovlari asosida baholab borish;
  • reyting natijalarida ekspertlarni rag‘batlantirib borish va faoliyat ko‘rsatib kelayotgan sud ekspertlarining ilmiy salohiyatini yanada oshirish;
  • sud ekspertlik sohasidagi innovasiya texnologiyalarni keng ommalashtirish, sud ekspertiza faoliyatida sog‘lom raqobat va ijodkorlik muhitini yaratishga qaratilgan qoidalar kiritilgan.

Yakka tartibda nodavlat sud-ekspertlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi xususiy sud eksperti faoliyatini tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizom. Nizomda:
- yakka tartibda nodavlat sud-ekspertlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi xususiy sud-ekspertlik faoliyatini tashkil etish;
- xususiy sud ekspertining huquqiy maqomi, funksiyalari, huquq va majburiyatlarni hamda javobgarligini belgilash;
- xususiy sud eksperti tomonidan o‘tkaziladigan ekspertiza turlarini belgilash;
- xususiy sud ekspertlariga qo‘yiladigan talablar va boshqa masalalar aks ettirilgan.

Shuningdek, loyiha bilan Vazirlar Mahkamasining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish nazarda tutilmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekistonda xususiy sud ekspertlari faoliyati yo‘lga qo‘yilishi mumkin