date
views 1 477

Oʻzbekistonda kelayotgan hafta qanday ob-havo bilan boshlanadi?

Oʻzbekistonda kelayotgan hafta qanday ob-havo bilan boshlanadi?
«Oʻzgidromet» 30 may, dushanba kuni uchun ob-havo ma'lumotini e'lon qildi. Unga koʻra:

Toshkent shahrida havo biroz bulutli boʻladi, vaqti-vaqti bilan oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 12-14 daraja, kunduzi 26-28 daraja boʻladi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli boʻladi, ba'zi joylarda oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 14-19 daraja, kunduzi 30-35 daraja boʻladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli boʻladi, ba'zi joylarda oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 12-17 daraja, kunduzi 25-30 daraja boʻladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida havo biroz bulutli boʻladi, ba'zi joylarda oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 10-15 daraja, kunduzi 25-30 daraja boʻladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli boʻladi, ba'zi joylarda oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 13-18 daraja, kunduzi 30-35 daraja boʻladi.

Andijon, Namangan, Fargʻona viloyatlarida havo biroz bulutli boʻladi, ba'zi joylarda oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 10-15 daraja, kunduzi 21-26 daraja boʻladi.

Respublikaning togʻli hududlarida havo biroz bulutli boʻladi, ba'zi joylarda oʻzgarib turadi, ba'zi joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi, momoqaldiroq boʻlishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 8-13 daraja, kunduzi 15-20 daraja boʻladi.

Markaz 29 mayda respublika boʻyicha shamol 18-23 metr/sekundgacha kuchayib, ayrim joylarda chang toʻzonlari kuzatilishi mumkinligi, respublikaning togʻ oldi va togʻli hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkinligidan ogohlantirgandi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Oʻzbekistonda kelayotgan hafta qanday ob-havo bilan boshlanadi?