16:29 / 20.02.2015
6 906

Xitoy kompaniyasi Samarqandda o‘g‘it zavodi quradi

Xitoy kompaniyasi Samarqandda o‘g‘it zavodi quradi

Xitoyning CMEC (China Machinery Engineering Corporation) kompaniyasi 2015 yil oxirigacha Samarqandda NPK-o‘g‘it ishlab chiqarish bo‘yicha zavod quradi, deya xabar bermoqda «Gazeta.uz».

CMEC «O‘zkimyosanoat» DAK bilan «Samarqandkimyo» AJ bazasida zavodning texnologik qismini qurib, tayyor holda topshirish bo‘yicha shartnoma imzolagan.

Yangi zavodning loyihada ko‘zda tutilgan quvvati 240 ming tonna NPK-o‘g‘itga teng. Umumiy qiymati 20 million dollarga teng loyihani moliyalashtirish «O‘zkimyosanoat»ning xususiy mablag‘lari va CMEC’ning to‘g‘ridan-to‘g‘ri investisiyalari hisobidan amalga oshiriladi.

NPK-o‘g‘it kompleksi turli nisbatlardagi azot, fosfor va kaliyni o‘z ichiga oladi.

Manba: www.daryo.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Xitoy kompaniyasi Samarqandda o‘g‘it zavodi quradi