Umumta’lim maktablarining 1-sinfiga qabul jarayonlari 20 iyundan boshlanadi. Bu haqda Xalq ta’limi vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Maktablarga biriktirilgan mikrohudud bo‘yicha qabul jarayonlari 2022 yilning 20 iyunidan 31 iyuliga qadar amalga oshiriladi.
Umumta’lim maktablarining o‘quvchi o‘rni, malakali pedagog kadrlar bilan ta’minlangani, sinf xonalarining o‘quv mebellari bilan jihozlanganidan kelib chiqib, umumta’lim maktablarining bo‘sh o‘rinlariga mikrohududdan tashqari qo‘shimcha qabul jarayonlari 2022 yilning 1—15 avgust kunlari amalga oshiriladi.
Shuningdek, ota-onalarga qulaylik yaratish maqsadida Toshkent shahri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarning markazidagi umumta’lim maktablarida 1-sinfga qabul jarayonlari elektron shaklda amalga oshiriladi.
Qolgan hududlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarning boshqa tuman (shahar)laridagi umumta’lim maktablarida 1-sinfga qabul an’anaviy shaklda, ya’ni bevosita maktabda amalga oshiriladi.
«Amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq, umumta’lim maktablarining 1-sinfiga bolalar 7 yoshga to‘ladigan yilda qabul qilinadi. Ya’ni yangi 2022/2023-o‘quv yilida 2015 yilning 1 yanvaridan 31 dekabriga qadar tug‘ilgan bolalar 1-sinfga qabul qilinadi. Qabul jarayonlari haqida qo‘shimcha ma’lumot olish uchun maktab ma’muriyatiga murojaat qilishingiz mumkin», — deyiladi xabarda. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi