21:35 / 08.06.2022
1 283

O‘zbekiston qonun ustuvorligi indeksida nechanchi o‘rinni egallagani ma’lum qilindi

O‘zbekiston qonun ustuvorligi indeksida nechanchi o‘rinni egallagani ma’lum qilindi
O‘zbekiston 2021 yil yakuniga ko‘ra World Justice Project’ning Qonun ustuvorligi indeksida 85-o‘rinni egalladi. Bu haqda Telegram’dagi «Nigoh» kanali xabar qildi.

Indeksga ko‘ra, O‘zbekistonda qonun ustuvorligi umumiy reytingi 4,1 foizga oshgan. Respublikada kuzatilayotgan ijobiy tendensiyalar qatorida hukumat vakolatlarining cheklanishi, korrupsiyaga qarshi kurash va davlat organlari faoliyatining ochiqligi qayd etilgan.

Qayd etilishicha, O‘zbekiston 2021 yilda ko‘rsatkichlarni yaxshilash bo‘yicha yetakchi bo‘lgan.

Mamlakat avvalgi yillardagi reytingda quyidagi pog‘onalarni egallagandi:
2018 yil — 91;
2019 yil — 92;
2020 yil — 94;
2021 yil — 85.

Bundan kelib chiqadiki, O‘zbekiston ikki yillik pasayishdan so‘ng, natijasini keskin yaxshilab, bir yil oldingi o‘rindan 9 o‘rin yuqorilagan.

Ma’lumot uchun, WJP indeksi 8 ta faktor bo‘yicha aniqlanadi:
- hukumat vakolatlari cheklanganligi;
- korrupsiyaga qarshi kurash;
- shaffof boshqaruv;
- inson huquqlari;
- qonun ustuvorligi va xavfsizlik;
- huquqlardan foydalana olish;
- fuqaroviy sud tizimi;
- jinoiy ish yuritish.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekiston qonun ustuvorligi indeksida nechanchi o‘rinni egallagani ma’lum qilindi