1 268
Tug‘ilganlikni tibbiyot muassasalari orqali FHDYO bo‘limlarida qayd etish tartibi joriy etiladi
Vazirlar Mahkamasining “Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.
Tug‘ilganlikni tibbiyot muassasalari orqali fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish bo‘limlarida qayd etish tartibi 2022 yil 1 sentabrdan Toshkent shahrida, 2023 yil 1 yanvardan esa butun respublika hududida joriy etilishi mumkin.
Belgilanishicha:
- tug‘ilganlik holati fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish bo‘limlarida qayd qilingani haqida tibbiyot muassasalari tomonidan QR-kod tasviri tushirilgan ma’lumotnoma beriladi va ushbu ma’lumotnoma tug‘ilganlik haqidagi gerbli guvohnomaga tenglashtiriladi hamda davlat organlari va tashkilotlar tomonidan qabul qilishni rad etish qat’iyan taqiqlanadi;
- tug‘ilganlik haqidagi gerbli guvohnomalar ular uchun gerb yig‘imi undirish amaldagi tartibini saqlanib qolgan holda fuqarolar istalgan vaqtdagi murojaatlariga ko‘ra qo‘shimcha to‘lov undirilmasdan rasmiylashtirib beriladi.
Adliya vazirligining nikoh tuzish va nikohdan ajratishni qayd etish uchun arizalarni Sirdaryo viloyati tuman (shahar) davlat xizmatlari markazlari orqali qabul qilish bo‘yicha huquqiy eksperiment o‘tkazish haqidagi taklifiga rozilik beriladi. Huquqiy eksperiment 2022 yil 1 sentabrdan 1 dekabrga qadar amalga oshiriladi.
Nikohga kirish haqida ariza berilganda nikohlanuvchi shaxslar yashash joyidagi mahalla fuqarolari yig‘inini xabardor qilish tartibi bekor qilinsin.
Nikohdan ajratish haqida ariza berilganda er-xotinni yarashtirish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rish uchun er-xotin yashash joyidagi tuman (shahar) oila va xotin-qizlar bo‘limlariga elektron axborot tizimi orqali xabar berish tartibi joriy etiladi.
Fuqarolar familiya, ism va ota ismini o‘zgartirishda tekshiruv o‘tkazish uchun fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish bo‘limlari tomonidan “FHDYO yagona elektron arxivi” axborot tizimi orqali ichki ishlar organlariga so‘rovnoma yuborish va xulosa olish tartibi joriy qilinadi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar