O‘zbekiston hududi bo‘yicha iyun oyi oxirida kuzatilgan anomal issiq ob-havo davrdan so‘ng, kecha va bugun issiq asta-sekin pasayib bormoqda.
Bugun kunduzi respublika bo‘yicha havo harorati 35-38° atrofida bo‘ladi.
Dam olish kunlari issiq yana ko‘tarila boshlaydi. Yakshanba kuniga kelib, harorat 38-41° gacha ko‘tariladi.
Ushbu kunlarda janubiy hududlarning eng chekka qismida 43-45° gacha bo‘lgan harorat bilan juda issiq ob-havo saqlanib turadi.
Biroq, bu issiq uzoq vaqt davom etmaydi. Keyingi haftaning boshidan esa respublika hududiga Volga bo‘yi hududlaridan salqin havo kirib keladi. Dushanba kunidan harorat asta-sekin pasayishni boshlaydi va haftaning aksariyat qismida 30-35° atrofida, ba’zi joylarda 37-38° gacha bo‘ladi.
Respublika hududining katta qismida bugun va dam olish kunlari asosan kam bulutli ob-havo kuzatiladi, faqat Qoraqalpog‘istonda 3 iyulda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.
Respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi, ba’zi joylarda chang-to‘zonlari kuzatilishi mumkin. 3 iyulda shimolda va cho‘l hududlarda shamol 23-28 m/s gacha kuchayishi mumkin.
1-3 iyulda Farg‘ona viloyatining tog‘ oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...