date
views 1 647

Oʻzbekistonda 4 iyul kuni boʻlishi kutilayotgan ob-havo ma'lumoti taqdim etildi

Oʻzbekistonda 4 iyul kuni boʻlishi kutilayotgan ob-havo ma'lumoti taqdim etildi
Respublika Gidrometeorologiya markazi Oʻzbekiston boʻyicha 4 iyul, dushanba kuni kuzatiladigan ob-havo ma'lumotini e'lon qildi.

Toshkent shahrida havo biroz bulutli boʻladi, vaqti-vaqti bilan oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, 12-17 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 22-24 daraja, kunduzi 35-37 daraja boʻladi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol gʻarbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba'zi joylarda 17-22 metr/sekundgacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzonlari kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 18-23 daraja, kunduzi 26-31 daraja boʻladi.

Xorazm viloyatida havo oʻzgarib turadi, kechasi va ertalab ba'zi joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba'zi joylarda 17-22 metr/sekundgacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzonlari kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 18-23 daraja, kunduzi 26-31 daraja boʻladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli boʻladi, ba'zi joylarda oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol gʻarbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba'zi joylarda 17-22 metr/sekundgacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzonlari kuzatilishi mumkin, ba'zi joylarda shamol 25-28 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 21-26 daraja, kunduzi 33-38 daraja boʻladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida havo biroz bulutli boʻladi, ba'zi joylarda oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib gʻarbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba'zi joylarda 17-22 metr/sekundgacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzonlari kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 19-24 daraja, kunduzi 32-37 daraja boʻladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib gʻarbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba'zi joylarda 17-22 metr/sekundgacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzonlari kuzatilishi mumkin, ba'zi joylarda shamol 25-28 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 22-27 daraja, kunduzi 34-39 daraja boʻladi.

Andijon, Namangan, Fargʻona viloyatlarida havo biroz bulutli boʻladi, ba'zi joylarda oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib gʻarbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba'zi joylarda 17-22 metr/sekundgacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzonlari kuzatilishi mumkin, ba'zi joylarda shamol 25-28 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 21-26 daraja, kunduzi 36-41 daraja boʻladi.

Respublikaning togʻli hududlarida havo biroz bulutli boʻladi, ba'zi joylarda oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib gʻarbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba'zi joylarda 17-22 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 16-21 daraja, kunduzi 23-28 daraja boʻladi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Oʻzbekistonda 4 iyul kuni boʻlishi kutilayotgan ob-havo ma'lumoti taqdim etildi