«2022-2026 yillarda O‘zbekiston Respublikasining innovatsion rivojlanish strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida»gi Prezident Farmoni qabul qilindi. Farmon bilan 2022-2026 yillarda O‘zbekiston Respublikasining innovatsion rivojlanish strategiyasi tasdiqlandi.
Kichik tadbirkorlikning innovatsion faolligini oshirish orqali hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy jadal o‘sishini ta’minlash Strategiyaning asosiy yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.
Shuningdek, Farmonga muvofiq Strategiyani amalga oshirishning maqsadli ko‘rsatkichlari hamda hududlar kesimidagi maqsadli ko‘rsatkichlar tasdiqlandi.
Maqsadli ko‘rsatkichlar doirasida:
- innovatsion faoliyat sub’ektlari soni 613 tadan 2 250 tagacha yetkaziladi;
- innovatsion infratuzilma sub’ektlari soni 3 baravarga oshiriladi;
- innovatsion tadbirkorlik natijasida yaratiladigan yangi ish o‘rinlari soni 4 baravarga oshiriladi.
2022 yil 1 avgustdan innovatsion mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil etishda «tarmoq-hudud-ilmiy/oliy ta’lim tashkilot» zanjirining yaxlit tizimi joriy etiladi.
2022 yil 1 avgustdan «tubdan yangilovchi» innovatsiyalar yaratishni rag‘batlantirishning quyidagi tizimi joriy etiladi:
- mahalliy ilmiy tashkilotlar va korxonalarga innovatsion tovarlar bo‘yicha davlat organlari bilan shartnomalarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri imzolash huquqi beriladi;
- ustav fondida 50 va undan ko‘p foiz davlat ulushi bor xo‘jalik jamiyatlarida foyda solig‘ini to‘lagungacha uning 10 foizgacha ajratmalaridan Innovatsion faoliyatni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi tashkil etiladi. Bunda:
➖mablag‘lar «tubdan yangilovchi» innovatsiyalarni yaratishga va joriy qilishga yo‘naltiriladi;
➖Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan loyihalar portfeli Innovatsion rivojlanish vazirligi bilan kelishiladi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi