«O‘zgidromet» 24 iyul, yakshanba kuni kuzatiladigan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi.
Qayd etilishicha, shu kuni ham O‘zbekistonda havo issiq bo‘ladi. Maksimal harorat 38—43 daraja atrofida, janubda ba’zi joylarda 45—47 darajagacha bo‘ladi. Respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol 17—22 metr/sekundgacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlari bilan kuzatilishi mumkin. Farg‘ona viloyatining tog‘ oldi va tog‘li hududlarida glyatsial (muz) sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.
Toshkent shahrida havo quyoshli bo‘ladi. Shamol 5—10 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat 41—43 daraja atrofida saqlanib turadi.
Tog‘li hududlarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 7—12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15—20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kunduzi 32—37 daraja bo‘ladi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi